Prokofev Sergey Sergeevich
Prokofev Sergey Sergeevich [1891. 11 (23).4, Donesk viloyati Sonsov- ka qishlog’i — 1953.5.3, Moskva] — rus kompozitori, pianinochi, dirijyor, xalq artisti (1947). Italiya (1934), Shvesiya (1947) musiqa akademiyalari a’zosi. Peterburg konservatoriyasini kompozi- tsiya (1909), fortepiano va Di-rijyorlik (1914) buyicha tugatgan. 1918-32 y.larda AQSh va Evropada yashagan, 1933 y.dan Moskva konserva-toriyasi huzuridagi Oliy mahorat maktabida dare bergan. P. ijodi 20-a. jahon musiqa madaniya- tida butun bir davrni tashkil qiladi. U musiqa san’atining uslubiy, badi- iy-ifodaviy (ayniqsa, garmoniya, kuy) tizimlarini yangilab, o’ziga xos yo’l ochdi va ko’pgina (jumladan, O’zbekiston) kompozitorlar ijodiga ta’sir ko’rsatdi. Asarlari hayotbaxshligi, kuchli Iroda va erkin ruhi, nafis lirikaga boyli- gi b-n ajralib turadi. Deyarli barcha musiqa janrlariga muro-jaat qilgan P. musiqiy portret ustasi sifatida ta- nilgan. Ijodida musiqali sahna janri asosiy o’rin tutadi. Uning “3 apelsinga muhabbat”, “olovli farishta”, “urush va tinchlik” ope-ralari, “Romeo va Julet- ta”, “Zolushka”, “tosh gul haqida xikoya” baletlari, “Aleksandr Nevskiy” Kanta – tasi, cholg’u kontsertlari, 1-, 5-7 – simfo- niyalari, ko’pgina kamer-cholg’u asarlari, kinofilmlarga yozgan musikalari 20-a. musiqasining mumtoz namunalaridir. Davlat mukofoti laureati (1943, 1946, 1947, 1951). Navoiy teatrida P.ning “Zolush- ka”, “olovli farishta”, so’nggi yil- larda “Romeo va Juletta” asarlari sahnalashtirilgan.