PANSOD MASJIDI
PANSOD MASJIDI – Shahrixondagi me’moriy yodgorlik (20-a. boshlari). Masjid tarhi to’g’ri to’rtburchakli (31×12 m). 4 ustunli xonaqoh, Jan.dan taqab qurilgan uzun ayvondan iborat. Xonaqoh devoriga cho’qqisimon ravoqlar ishlangan, Shif- tini salobatli shakldor yog’och ustunlar ko’tarib tura-Di, tanasiga o’yma naqshli gullar ishlangan, kallagi muqarnasli. Sharafaning yog’och chizig’i pog’onali. To’siqlar balandroq o’rnatilgan. P.m. sirti loy-suvokdi, ichi ganch suvoqli, izorasi to’g’ri burchakli bezaklar b-n, devorining yuqori qismi to’q yashil par- cha gulli araqi sarrovlar b-n o’ralgan. Qur’ondan suralar bitilgan, ko’k va yashil rangda girih naqshlar ishlangan. Shiftdagi yashil zaminda odmi rangda- gi yulduzsimon turunjlar ko’zga tash- lanadi. To’sinlarning jimjimador hoshiyalariga islimiy naqshlar ishlan- gan. P.m.ni mahalliy ustalar qurgan, bezagini qo’qonlik ustalar bajargan. P.m. o’zining noyob bezaklari b-n diqqatga sa-zovor.