Pitekantroplar
Pitekantroplar (Yun. Pithekos maymun va anthropos — odam) — eng qad. qazilma odamlar (taxm. 900 ming yil avval). Neandertallardan oldin yashaganlar. Ilk paleolit madaniyatini yaratganlar. 1890-92 y.larda golland olimi E.Dyubua Yava o.dagi Solo daryosi yaqinidan 4qatlam quyi yotqiziqlarida odamning eng qad. ajdodiga mansub bosh miya qopqog’i, son suyagi va uchta tishini topgan. 1973 y.da suyak bo’laklari, pastki jag’, son suyagi parchalari va 20 ga yaqin alohida tishlar to-pilgan. P. bosh miya qopqog’i shakli va kattaligiga ko’ra odam va odamsimon maymun oralig’ida turadi. P.ning miya hajmi 900 sm3 ga yaqin (go- rillaniki 500 sm3, hoz. zamon odamla- rida o’rtacha 1400 sm3). Uning peshonasi Nishab bo’lib, shimpanzenikiga o’xshaydi. P.ning topilishi antropologiyat. mu-him voqea bo’ldi. P. qo’lda murak- kab harakatlar bajarishgan va poda- poda bo’lib yashagan. Qo’lda murakkab harakatlar qilish mehnat harakatiga, po- da-poda bo’lib yashash esa, jamiyatning ilk kurtagiga aylangan.