Pitsburg

Pitsburg — AQShning shim.-shar- qiy qismidagi shahar. Pensilvaniya shta- tida. Aholisi 334,5 ming kishi (2000). Transport yo’llari tuguni. Ogayo Daryo- si bo’yidagi port (yiliga 30 mln. t yuk ortib-tushiriladi). Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. P. — mamlakatning Yi- rik savdomoliya va og’ir sanoat markaz- laridan. Qora va rangli metallurgiya, og’ir mashinasozlik va me-tallsozlik ri- vojlangan. Metallurgiya sanoati va t.y. transporti uchun jihozlar, ko’prik kon- struktsiyalari, quvurlar, tibbiyot asbob- uskunalari va h.k. ishlab chiqariladi. Elektrotexnika, radioelektronika, stanoksozlik, avtomobilsozlik sanoati korxonalari mavjud. Oynashisha, tsement, kimyo, poligrafiya, oziq-ovqat korxonala- ri ishlab turibdi. Shahar yaqinida tosh- ko’mir qazib olinadi. AQShda birinchi AES qurilgan. Un-t, Karnegi texnolo- giya in-ti, kartinalar galereyasi bor. Shaharga 1758 y.da asos solingan.