Muhamedov Abdurahim

Muhamedov Abdurahim (1923.10.7 -Toshkent — 1980.10.2) — kom- pozitor, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan san’at arbobi (1975). Toshkent konserva- toriyasini tugatgan (1955). 2-jahon uru- shi qatnashchisi (1942-43). O’zbek davlat filarmoniyasida sozanda (1945-52), musiqa rahbari (1965-71 va 1975— 77), Madaniyat vazirligida yo’riqchi, boshqarma boshlig’i (1955-56, 1960— 64), O’zbekiston televideniesi (1958— 60) va G’afur G’ulom nomidagi adabiyot va san’at nashriyotida (1972-74) musiqa muharriri. Ijodida musiqali komediya va qo’shiq janrlari asosiy o’rin egal- lagan. Kuylari o’zbek musiqa merosi an’analariga tayangan, o’ziga xos into- nasionritmik uslubi b-n ajralib tu- radi. M. “Jon qizlar” (K. Shang’itboev, K. Boyseitov pesasi, 1963), “gavhari shamchiroq” (S. Ulug’zoda, 1967), “Tog’ go’zali” (S. Saidmurodov, 1972), “Olif- ta” (F. Musajonov; N. Xalilov b-n hamkorlikda, 1974) kabi musiqali dra- ma va komediyalar yozgan. M.ning “jon kizlar”, “etti qiz”, “jon O’zbekiston”, “Shohi so’zana”, “Alla”, shuningdek, bolalar qo’shiqlari (“Kapalak”, “archa qo’shig’i”, “Qo’g’irchog’im, alla-yo” va b.) ommaviylashgan.