Muhamedov Muzaffar
Muhamedov Muzaffar (1902.1.1 -Toshkent — 1995.18.11) — aktyor, rej., teatr tashkilotchilaridan biri. Uzbeki- stonda xizmat ko’rsatgan san’at ar-bobi (1937), O’zbekiston xalq artista (1959). Moskva o’zbek drama Studi-yasini tugat- gan (1927). Ijodiy FA-oliyatini Hamza rahbarligidagi “Turk kuchi” trup- pasida aktyorlikdan boshlagan (1918). 1919-24 y.lar O’zbek davlat namuna dra- ma truppasida aktyor. Andijon teatri- da bosh rej. (1928-30), O’zbek davlat musiqali teatrida (1930-39), Navoiy teatrida (1939-43 va 1950 y.dan) rej., Mukimiy teatrida bosh rej. (1943-50). Mahmudxon (“zaharli hayot”), Muslim (“Halima”), Ulmas Botir (“Yorkinoy”), Mirzaboshi (“Arslon”) va b. uning sahnada yaratgan eng yaxshi rollaridir. M. rej.lik faoliyatining dastlabki dav- rlarida V. Meyerxold yo’lidan bordi, keyinchalik M. rejissurasi o’ziga xos rivoj topdi. U musiqali teatr rej.i si- fatida shakllandi va bu sohada o’ziga xos rej.lik maktabini yaratdi. “Halima” (F. Zafariy), “Gulsara” (K. Yashin, M. Muxa- medov; T. Jalilov), “Layli va Majnun” (Xurshid; R. Glier, T. Sodiqov), “Dav- Ron ota” (K. Yashin, S. Abdulla, Chustiy; T. Sodiqov, A. Kozlovskiy), “Tohir va Zuhra”, “Alpomish” (S. Abdulla; T. Ja- lilov), “kimga” (Roslaves, T. Jalilov), “G’unchalar” (3. Fatxullin; T. Jalilov), “Oftobxon” (K. Yashin; T. Jalilov) kabi spektakllarni saxnalashtirdi. “Ichkari- da” pesasini, “Gulsara”, “Dilorom”, S. Abdulla b-n “Maysaraning ishi” opera- larining librettosini yozgan.