AHMAD IBN ASAD
AHMAD IBN ASAD (? – 865) – Farg’ona (817 yildan) va Samarqand (842 yildan) amiri. Somonxudotning nabirasi. Rofe ibn Lays qo’zg’oloni paytida Ahmad ibn Asad o’z birodarlari Nuh, Yahyo va Ilyoslar bilan Sug’dda qo’zg’olonni bostirishda xalifalikka katta yordam bergan. Buning evaziga xalifa Ma’munning ko’rsatmasiga ko’ra Xuroson hokimi G’asson ibn Abbod (813 – 821) 817 yil Ahmad ibn Asadni Farg’onaga, akasi Nux ibn Asadni esa Samarqandga, Choch va Ustrushonaga Yahyoni, Hirotga Ilyosni Amir qilib tayinladi. Akasi Nuh vafotidan keyin (842) Ahmad ibn Asad Samarqand amiri bo’lib qoldi. 875 yil xalifa Mu’tamid (870 — 892) Ahmad ibn Asadning o’g’li Nasr ibn Ahmadni butun Movarounnahr amiri etib tayinlagan.