“Moziydan sado”

“Moziydan sado” — ilmiy- amaliy, ma’naviyma’rifiy, rangli jur- nal. O’zbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi, badiiy akademiyasi, Matbuot va axborot agentligi nashri. 1999 y. 1 yanv.dan Toshkent sh.da 3 oyda bir marta o’zbek, rus, ingliz tillarida nashr etiladi. Jur. O’zbekiston tarixini asl holda tiklash sohasida mamlakatda olib borilayotgan siyosatni xalq orasida keng ommalashtirish va tushuntirish, muzey- lar, muzeyshunoslik sohasini rivojlan- tirishga xizmat qiladi, aholini tarix, umuminsoniy, milliy qadriyatlar b-n tanishtiradi, muzey va muzeyshunos- likka oid yutuk^larni tashviq etadi, o’zbek xalqining boy madaniy merosi, insoniyat tarixidagi o’rni, taraqqiyot bosqichlarini aks ettiradi. Mamlakat hamda jahon jamoatchiligini xorijiy mamlakatlarda saqlanayotgan osori- atiqalar, muzeyshunoslik sohasidagi xalqaro aloqalar, respublika va xorij- da tashkil etilgan ko’rgazmalardan xa- bardor qilib boradi.