“MUQADDAS RIM IMPERIYASI”

“MUQADDAS RIM IMPERIYASI” – o’rta asrlardagi imperiya (962— 1806). German qiroli Otton I tomonidan Shim. va O’rta Italiya (Rim b-n birga) bo’ysundirilgach (962 y.), tashkil top- gan. “M.R.i.”tarkibiga: Chexiya, Burgun- diya (Arelat), Niderlandiya, Shveytsariya erlari ham kirgan. Bu imperiya german zodagonlarining manfaatini himoya qilgan va bosqinchilik siyosati olib borgan. “M.R.i.”11 —13-a.larda Rim Pa- palari b-n investitura huquqini olish, Italiyaga xukmronlik qilish uchun ku- rashganlar. O’ttiz yillik urush (1618— 48)dan keyin imperator hokimiyati no- migagina saqlanib qolgan. Napoleon I ning g’alabasi tu-fayli “M.R.i.”ning bir qismi zabt etilishi va G’arbiy Ger- maniyada bir qancha hududiy o’zgarishlar qilinishi oxirgi imperator Frans II ni taxtdan voz kechishga majbur qilgan. Shundan so’ng “M.R.i.”rasman tugatil- gan.