Mirjalilov Tohirjon Jamolovich

Mirjalilov Tohirjon Jamolovich (1950.8.2 — Toshkent -2000.16.7) — rangtasvir ustasi, O’zbekiston ba akad. (1997), Uzbekiston xalq rassomi (2000). Respublika rassomlik bilim yurti (1971) va Toshkent teatr va rassom- lik san’ati in-ti (1977)ni tugatgan. Re- spublika rassomlik bilim yurtida ped. (1977-84), Uzbekiston rassomlar uyush- masi badiiy fondi raisi (1984-91), Uzbekiston rassomlar uyushmasi raisi (1994-97); 1997 y.dan Uzbekiston ba raisi o’rinbosari-ijrochi direktori. M. ijodida zamondoshlari qiyofalari, ona yurt manzaralari haqqoniy aks et- tirilgan, maishiy lavqalar, natyur- mortlar ham yaratgan. “Kinorejissyor Ravil Botirov” (1977), “tog’dagi tun” (1980), “Otam” (1982), “Forish manza- rasi” (1982), “uzum gullaganda” (1982), “Balkonda” (1983), “37-yil” (1985), “ga-Zeta va odam” uchligi (1990), “eski tosh- kent”, “Beshyo-goch”, “Surxondaryo” turkum asarlari rassomga Shuhrat keltirdi. Ayniqsa, “Siren” turkumidagi natyur- mortlari tomoshabinda katta taassurot qoldiradi. 1978 y.dan respublika va xorijiy mamlakatlardagi badiiy ko’rgazmalarda faol ishtirok etdi, jumladan, Maro- kashdagi shaxsiy ko’rgazmasi (1990), Parijdagi o’zbek zamonaviy san’ati ko’rgazmalari (1996) va b. Asarlari Ros- siya, Isroil, Turkiya, Angliya, Germaniya, Italiya, Yaponiya muzey, galereya va b. Xu- susiy to’plamlarda saqlanadi.