Mingdevona
Mingdevona (Hyoscyamus L.) to- matdoshlar oilasiga mansub o’simliklar turkumi. Bo’yi 1,5 m gacha. Po-yasi shoxlan- gan, sertuk. Birinchi yili uzun bandli ildiz bo’g’iz, to’pbarg, ikkinchi yili poya o’sib chiqadi. Poyadagi barglari tuxum- Simon, 3-7 bo’lakli, bandsiz, ketma-ket joylashgan. Gullari sarg’ish, uchi keng, poya uchida to’pgul hosil qiladi. Mevasi ikki xonali, ko’p urug’li, ko’zachasimon ko’sakcha. O’rta Osiyo, Sibir, Kavkaz, Uzoq Sharqda tarqalgan. O’zbekistonda 2 turi (turkman va qora M.) bor, ko’proq qora M. (zaharli begona o’t) uchraydi. M. yo’l yoqalarida, o’tloq va partov erlarda, ekinzorlarda o’sadi. Bargi tarkibida giossiamin, atropin, skopolamin va b. zaharli alkaloidlar bor. Barg ekstrakti va urug’ining moyi bod, asab kasallikla- rida og’riq qoldiruvchi dori sifatida ishlatiladi. Doridarmon tayyorlash uchun maxsus ekiladi.