Miniatyura

Miniatyura (Frans. miniature; lot. minium — qizil bo’yoq) — badi- iy usullari o’ta nafis bo’lgan kichik hajmli (mo»jaz) tasviriy sanat asar- lari. O’rta asr qo’lyozmalarini ziynatlash uchun yaratilgan nafis mo»jaz rasmlar, shuningdek, suyak, pergament, mag’zi soxta (toshqog’oz), metall, chinni, ba’zan mai- shiy buyumlar (tamakidon, soat, uzuk va b.)ga ishlangan kichik hajmdagi rangtas- virga ham M. atamasi qo’llanadi (q. Lok- li miniatyura). Badiiy M.ning kitob va portret M.si kabi sohalari keng tarqalgan. Ki- tob M.sida rasmlar rangli qilib tempe- ra, guash, elim, akvarel va b. bo’yoqdar b-n qo’lda bevosita qo’lyozma kitoblar varakdariga ishlanib, undagi naqshlar (sarlavqa, unvon, lavha va b.) shu Kito- blarning bezaklari b-n uyg’unlashgan. M. qad.dan ma’lum bo’lgan. Qad. Misr papiruslariga xira bo’yoklar b-n peroda rasmlar tekis yuzali qilib rangtasvir usulida ishlangan. So’nggi antik M.lar (4-6-a.lar) shakllar va nurhavo holati to’g’ri berilganligi b-n diqqatga sazo- vor. Bu usul Vizantiya M.si (asosan, Di- niy qo’lyozmalar)da 10-a.gacha hukm surgan. M.gaxalq ijodiyoti xususiyatlari kirib bordi. 13— 15-a.lar gotika M.sida na- Turani haqqoniy ifodalashga intilish kuchaydi, rasmlar matn b-n izoxlandi, shakllar jonlandi, manzara, interer, me’moriy hoshiyalarga keng o’rin beril- Di. Frantsiyada yirik M. ustalaridan A. Bonevyo, Jakmar D’Eden va b. samara- li ijod qildi. O’rta asrlar G’arb M.si mahalliy maktablarning kupliga b-n AJ- ralib turadi. Armaniston (6— 7-a.lar), Gruziya (9-10-a.lar), Rossiya (P-a.)da M. rivojlandi. O’rta asrlarda Sharkda M.ning o’ziga xos maktablari shakllangan (q. Kitobat san’ati). Arab M.sida bir qator makta- blar ajralib turadi: Misr, Suriya, Iroq; Afg’oniston, O’rta Osiyo, Ozarbayjon, Eron, Hindiston qo’lyozma kitoblari- ning barcha bezaklari o’zaro uyg’unlikda bog’langan; chiziqli ritm, manzara, ran- glarning nozik uyg’unligi ularning bez- AK tuzilishini belgiladi. M. qo’lyozma kitoblarning mo»jaz rasmlari va alohida ishlangan rasmlar sifatida 12-19-a.larda Sharkda keng tarqalgan. Avval ilmiy qo’lyozmalar (mas, tabobatga oid Dioskoridning «do- rilar» risolasining Arab tiliga tarji- masi, Abu Rayhon Beruniyning «osar ul- Boqiya» — «o’tmishdan qolgan yodgorli- klar», Qazviniyning «nujum» — «yul- duzlar» va b.), keyinchalik badiiy asar- lar (Haririyning «maqomot», «Kalila va Dimna», «tarixi Tabariy» kabi asar- lar)ga rasmlar ishlangan. Badiiy adabi- yot, asosan, epik she’riyat — masnaviy, dostonlar (jumladan, Firdavsiyning «Shohnoma». Nizomiy, Xusrav Dexdaviy, Alisher Navoiylarning «Xamsa»lari, Jomiy, Sa’diy, Hofiz Sheroziy va b.ning asarlari) qo’lyozmalarini ziy- natlash uchun yaratilgan M.lar alohida turkumni tashkil qiladi. Buyuk musav- vir sifatida Sharkda Moniydan so’ng Juna-ID Bag’dodiy, Xoja Abdulhay, Mahmud Siyohqalam, G’iyosiddin Naqqosh, Mirak Naqqosh, Kamoliddin Behzod, Qosim Ali, Mahmud Muzahhib, Abdul- la musavvir, Basavan, Rizoyi Abbosiy va b.ning nomlari mashhur. Temuriylar davrida alohida varaqlarga M. ishlash va ulardan muraqqa tuzish an’-anaga aylan- gan, alohida shaxslar tasviri (portre- ti)ni ishlash taraqqiy etgan, xususan, Hindistonda Boburiylar davrida yuksak darajaga ko’tarilgan. 14-a. oxirida Samarqandda Samarqand miniatyura maktabi shakllangan, keyin- chalik u Hirot miniatyura maktabinmng shakllanishiga ta’sir ko’rsatgan; Amir Temur qurgan bog’lardagi ko’shklar ham devoriy rasmlar b-n bezatilgan. Temu- riylar saroylarida alohida kltobxona- lar tashkil etilib, u erda mohir xattot va kitobat axdi, jumladan, musavvir- lar ham FA-oliyat ko’rsatgan (mas, Mirzo Boysun-G’ur kutubxonasida qirkdan ziyod xattot, etmishdan ortiq musavvirlar ijod qilgani ma’lum). Husayn Boyqaro va Alisher Navoiy davrida ham Kito- BAT san’ati va M. taraqqiyotiga katta e’tibor berilgan. Temuriylar, Shaybo- niylar, Boburiylar davri M. asarlari jahonning eng nufuzli muzey, kutubxona va shaxsiy to’plamlarida saqlanadi. Portret M.si rassomlik san’atining alohida turi sifatida Uyg’onish davri- da shakllangan, usul va uslub jihatidan kitob M.si b-n, shuningdek, realistic san’atning umumiy taraqqiyoti b-n uzviy bog’langan. Germaniya, Angliyada M. asarlari portret va ruhiy holatning aniqligi va boyitilganligi b-n ajralib turadi (Kichik X. Xolbeyn va uning shogirdla- ri). 16-a.da Frantsiyada emal usulidagi M. rivojlangan. 18-a.dan Rossiyaga keng tarqaldi, italyan R. Karrera fil suyagi- ga rangli zaminda guash b-n rangtasvir ishlash usulini kiritdi, akvarel M.si yuksak cho’qqiga ko’tarilgan. Evropada 17-18-a.larga kelib M. o’rnini gravyura egalladi, litografiya rivojlandi. 19-a. dan fotografiyaning tarqalishi tufayli portret M.si yaratish susaydi. O’zbekiston hududida 20-a. boshlari- ga kelib M. san’atining rivoji to’xtab qoldi. Usta Mo’min, A. Siddiqiy, G. Nikitin, Ch. Ahmarov, T. Muhamedov kabi rassomlar ijodida M. an’anala- ri kuzatiladi. 70-80-y.larda M. an’- analarini tiklashga urinishlar bo’ldi. M.ning haqiqiy taraqqiyoti O’zbekiston mustaqilligidan so’ng amalga oshdi. Ch. Ahmarov M. san’ati an’analarini o’z ijodida davom ettirdi, uni yangicha mazmun, g’oyalar b-n boyitdi. Uning sho- girdlari ustozining ishlarini davom ettirib, M.ni yangi bosqichga ko’tardilar; M. lokli M., qog’oz, mato, teri, charmda- gi M.ni va devoriy ish> larni qamrab olib keng ko’lamli badiiy uslubiy yo’nalishga aylandi. Hoz. kunda M. ri- voji 3 yo’nalishda — aynan qo’lyozma (kitob) rasmlari (T. Muhamedov, Sh. Muhamadjonov, M. Salimov va b.), lok- li M. (N. Xolmatov, A. Yo’ldoshev, Sh. Shoahmedov va b.) hamda M. uslubida devoriy rasmlar yaratish (T. Boltaboev, H. Nazirov, G’. Kamolov — Kamoliddin Behzod nomidagi O’zbekiston Davlat mukofotining birinchi sovrindorlari va b.) bo’yicha ijodiy izlanishlar olib borilmoqda. Miniatyurachi rassomlar «Usto» va «musavvir» ijodiy uyushma- larida FA-oliyat ko’rsatmoqdalar. Ka- moliddin Behzod nomidagi milliy ras- somlik va dizayn in-tida, Respublika rassomlik kollejida miniatyurachi ras- somlar tayyorlanadi. Temuriylar tarixi davlat muzeyi zallari, Angren ishlab chikarish birlash- masi klubi binosi devorlari («Ulug’bek akademiyasi» nomli) va b. M. uslubidagi rasmlar b-n bezatilgan. Ad.: Norqulov N., Nizomiddinov N., Miniatyura tarixidan lavhalar, T., 1970; Alisher Navoiy asarlariga ishlan- gan rasmlar, T., 1982; Sharq miniatyura maktablari, T., 1989; Oriental miniatures 14th—17th centuries, Tashkent, 2001. Abdumajid Madrahimov.