Mineral o’g’itlar

Mineral o’g’itlar – tarkibida o’simliklar uchun zarur oziq elementlari bo’lgan anorganik moddalar, asosan, tuzlar. Deyarli barcha M. o’. agrono- mik rudalarlgm kimyo sanoatida ishlab chiqariladi. Shuningdek, tabiiy tuzlar, mas, natriyli selitra (Chili selitra- si), sanoat chiqindilari ham ishlatila- Di. M.o’. 19-a.dan tarqalaboshlagan. 20-a. o’rtalaridan M.o’.ni ishlab chiqarish va qo’llash tez o’sdi. Shungacha o’g’it sifa- tida, asosan, go’ng, kul va b. chiqindilar ishlatilgan. M.o’. tuproqqa (uning fizik, kimyoviy va biol. xususiyatlariga) kuchli ta’sir qiluvchi vositadir; ular tuproqni oziq elementlari b-n boyitadi, tuproq eritmasi reaktsiyasini o’zgartiradi, mikrobiologik jarayonlarga ta’sir etadi va h.k. O’simliklar, asosan, il- dizi orqali oziqlanishi tufayli M. o’. tuproqqa solinganda o’simliklarning o’sishi va rivojlanishiga, binobarin, dalalar, utlokdarning umumiy biol. mahsuldorligiga faol ta’sir qiladi. M.o’. ekin hosilini oshiradi, sifatini yaxshilaydi: paxta, kanop, zigir va lub ekinlari tolasining texnologik xusu- siyatlarini, qand lavlagi, uzum tarkibi- dagi qand, kartoshkadagi kraxmal, donda- gi oqsil mikdorini ko’paytiradi. M.o’. organik o’g’itlar b-n qo’shib ishlatilsa, yanada yaxshi natija beradi. Agronomik maqsadlarga ko’ra, M.o’. bevosita va bilvo- Sita ishlatiladigan o’g’itlarga bo’linadi. Bevosita ishlatiladigan o’g’itlar tarki- bida o’simliklar oziqlanishi uchun zarur azot, fosfor, kaliy, shuningdek, magniy, bor, rux, mis, molibden, marganes, ol- tingugurt kabi elementlar bo’ladi. Bu guruhga kiradigan o’g’itlar, asosan, bir oziq elementli, mas, azotli, fosforli yoki kaliyli va kompleks, ya’ni aralash va murakkab o’g’itlardan iborat. Aralash M.o’. z-dda yoki xo’jalikning o’zida bir necha xil o’g’itni aralashtirib, murakkab o’g’itlar esa z-dda tayyorlanadi. Bilvo- Sita ishlatiladigan M.o’. (mas, ohakli o’g’itlar, gips va b.) asosan, tuproqning agrokimyoviy va fizikkimyoviy xususi- yatlarini yaxshilashda qo’llaniladi. M.o’. qattiq, ya’ni kukunsimon, donador hamda suyuq — ammiakli suv, suyuq ammiak, am- miakatlar holida ishlab chiqariladi. M.o’.ning samaradorligi o’simlikning biologik xususiyatiga, har ga erga so- linadigan o’g’it normasiga, organic o’g’itlar b-n qo’shib ishlatilishiga, qo’llaniladigan agrotexnika tadbirlari sifatiga va b.ga bog’liq. Q.x. ekinlaridan eng yuqori hosil olish uchun tuproqqa so- linadigan M.o’. me’yorini to’g’ri belgilash M.o’.dan foydalanishda muhim o’rinda tu- radi va bu me’yor o’g’it tarkibidagi sof ta’sir etuvchi oziq moddalarning kg/ga mikdori b-n belgilanadi. M.o’. usimlik- ning biologik xususiyatlari, ularning oziq moddalarga talabi, tuprokda usim- lik o’zlashtiradigan elementlar mik- dori, ishlatiladigan o’g’itlarning Xu- susiyati, o’simlikning normal o’sishi va rivojlanishi uchun zarur tsharoitlarni xisobga olgan holda qo’llanilishi kerak. M.o’. erga kuzda yoki erta baxrrda (asosiy o’g’itlash), ekish vaktida va o’suv davrida (o’simliklarni oziqlantirish) solina- Di. M.o’. ni noto’g’ri qo’llash biosenozga katta zarar keltirishi, atrof muhitning ifloslanishiga sabab bo’lishi mumkin. M.u. tuprokda har xil o’zgarishlarga uch- raydi, bu o’zgarishlar oziq moddalarning eruvchanligiga, tuprokda harakatlanishi va usimliklarga singishiga ta’sir kur- satadi. M.u.ning samaradorligi juda yuqori. Hisobkitoblarga karaganda, g’uza 1 t paxta hosili to’plash uchun sof 30-70 kg azot, 10-20 kg fosfor, 30-60 kg ka- liyni o’zlashtiradi. Ekinlar umumiy hosildorligining taxm. 50% ug’itlarni qo’llash, 25% nav afzalliklari va 25% etishtirish texnologiyasi orka- li ta’minlanadi. To’g’ri nisbatlarda ko’llanilgan NPK M. o’.ning har bir kg i o’rtacha 10 kg g’alla yoki shunga ekvivalent boshqa q.x. mahsulotlarini beradi. I .t. muassasalarining tekshirish natijala- riga ko’ra, O’zbekistonda azot, fosfor va kaliyni qo’llashning eng yaxshi nisbati 1:0,75:0,35 qilib belgilangan. Jahonda 20-a.ning 90-y.lari bo- shida 150 mln.t. dan ko’proq M.o’. ish- lab chiqarildi. AQSh, GFR, Frantsiya, Italiya, Yaponiya va b. mamlakatlar- da M.o’. ishlab chiqarish rivojlangan va ularni qo’llash aholi jon boshi- ga 32— 80 kg va undan ortiq NPK ni tashkil etadi. O’zbekistonda M.o’. 20-a. ning 20-y.laridan qo’llanila boshla- gan. 2001 y.da O’zbekistonda 801 ming t (100% oziq modda hisobida) M.o’. ishlab chiqarildi (q. Agrokimyoviy xaritagram- ma, azotli o’g’itlar, kaliyli o’g’itlar, Mikroo’g’itlar, fosforli o’g’itlar). Risqivoy Yoqubov.