MINERAL OZIQLANISH

MINERAL OZIQLANISH – 1) (o’simliklarda) o’simliklarning o’z hayot faoliyati uchun zarur kimyoviy element- larni mineral tuzlar ionlari shaklida tuprokdan o’zlashtirish jarayonlari maj – mui. M.o. tuproqdan mineral tuzlar ion- larini o’zlashtirish, ionlarning Alma- shinuv jarayoniga ko’shilishi va o’simlik bo’ylab harakatlanishidan iborat. M.o. elementlari sirasiga makroelementlar (N, S, R, K, sa, Mg) va mikroelementlar (G’e, V, Mn, Cu, Zn, Mo) kiradi. Azotni o’simliklar anion NO3 yoki kation NH+4, fosfor va oltingugurtni N2R04va SO4″ anionlari shaklida, metallarni K+, Sa2+ va Mg2f kationlari shakllarida o’zlashtiradi. Ba’zi o’simliklar boshqa elementlarga ham talabchan bo’ladi. Mac, qand lavlagining o’sishiga va rivojlani- shiga natriy ijobiy ta’sir etadi, DUK- kaklilarga kobalt zarur (tuganak bakte- riyalar molekulyar azotni to’plashi uchun). O’simliklarning modda almashinuvi va o’sishiga alyuminiy, nikel, qo’rg’oshin, kadmiy, xrom va b. elementlarning, gar- chi zarur bo’lmasa ham, ijobiy ta’sir ko’rsatishi kuzatilgan. Ionlar ildiz tukchalaridagi ildiz hujayralarining tashqi qobig’i yuzasi orqali shimilib, keyin hujayra tsitoplazmasiga ularni o’rab olgan lipoproteidli membrana, ya’ni plazmolemma orkali kirib keladi. Ionlar passiv ravishda diffuziya yo’li b-n, shuningdek, molekulalar va ionlar- ni tashuvchi ion nasoslar yordamida faol ravishda tsitoplazmaga kiradi. Dala sharoitlarida o’simliklar uchun tuproq eritmalari bevosita ozuqa ionlar manbai bo’lib xizmat qiladi. O’simlik bir kecha-kunduzda bir necha bor (mas, ray- Gras 10 marta) tuproq eritmasidagi fos- forni to’liq o’zlashtirib oladi va uning yangi mikdorlarini bog’langan holatdan chiqaradi. Natijada M.o. elementlari- ning so’rilishi tezligi ularning tuproq eritmasiga utishi tezligi b-n me’yorla- shadi. M.o.ni me’yorlashtiruvchi yana bir boshqa omil — tuprokdagi ildizlar sir- tiga ionlarning diffuziyalanishi (etib kelishi) tezligidir. Shu bois ildiz tizimining morfologik tavsifi (uzun- ligi, tarqalishi, tarmoqlanishi, o’sishi tezligi) M.o.uchun fiziologik (o’simlik sirti yuqori qismi birligining so’rish faolligi) tavsifiga karaganda ko’proq ahamiyatlidir. Bu holat selektsiya ishla- rida e’tiborga olinadi. O’simliklarda M.o. elementlari il- diz, shox va barglardan o’tadigan ksi- lemmaning o’tkazuvchi tomirlari orqali o’tadigan suv oqimi b-n taqsimlanadi. Ular, asosan, yosh, o’sayotgan a’zolar- ga va shakllanayotgan mevalarga tomon yo’naladi. Pastki barglar qarigan sari M.o. elementlari (sa va V dan tashqari) ulardan o’sayotgan organlarga oqib o’tadi va qayta foydalaniladi. O’simliklar uchun makro – va mikroele-mentlarning hammasi bir xilda zarur (elementlarni almashtirib bo’lmaslik qonuni). Ammo, ko’pincha, tuproqda N, R va K etishmay- Di. Shuning uchun ular o’g’itlar shaklida beriladi. Ammo barcha ekinlar va na- Vlar uchun №R:Kning o’rtacha nisbati bir-biriga yaqin va 73:5:32 at. % ga teng. M.o.ning fizologik ahamiyatini, ele- mentlarning harakati va so’rilishini bilish o’g’itlardan to’g’ri foydalanish uchun zarur bo’ladi. O’g’itlar yordamida M.o.ni tartibga solish q.x. ekinlari hosildorligini oshirishning asosiy yo’lidir. M.o. fotosintez b-n birgalik- da o’simliklarning yagona oziklanish ja- rayonini tashkil etadi; 2) hayvonlar organizmida rasiondagi mineral moddalarning hazm bo’lishi va qonga so’rilib, to’qima va hujayralarda sarflanishi. Mineral moddalar orga- nizmdagi jami fiziologik jarayonlar- da ishtirok etadi. Hayvonlar iste’mol qilgan ozuqalar va mineral qo’shimchalar tarkibidagi mineral tuzlar oshqozon- ichak tizimidan qonga suvda erigan holda so’riladi. Ular organizmda, garchan energiya bermasada, juda muhim funk- tsiyalarni bajaradi. Ortiqcha iste’- mol qilingan ba’zi mineral moddalar to’qima va hujayralarda zaxira holida saqlanadi. Mac, kaltsiy va fosfor tuz- lari suyaklarda, natriy va xlor terida, temir jigarda zaxira holida to’planadi. Mineral elementlar to’qima, hujayra, Fer-mentlar, gormonlar va vitaminlar tarkibiga kirib, organizmda ro’y be- radigan modda almashinuvi jarayonini boshqarishda qatnashadilar. Organizmda uchraydigan erkin tuzlarning ionlari qonning osmotik bosimini me’yorida saqlab turishda, ishqoriy va kislotali muhit muvozanatini saklashda ishtirok etadi. Bulardan tashqari, nerv sistema- sining faoliyati, qon ivishi jarayoni, yurak muskullarining ritmik ishlashi, so’rilish, gaz almashinuv jarayoni, sekre- tsiya va chikaruv organlarining me’yordagi faoliyatida ham mineral moddalarning hissasi kattadir. Hayvonlar to’qimalari yoqilganda hosil bo’lgan kulning 99,6% ni makroelementlar, 0,4%ni mikroele- mentlar tashkil qiladi. Organizmdagi barcha mineral moddalarning 65— 70% kaltsiy va fosfordan iborat. Kaltsiy hayvonlar tanasida g’oyat ko’p. Uning 99% suyak, tish va shoxlar tarkibida uchraydi. Bu element suyak ti- zimining takomillashuvida, laktasiya- ning bir me’yorda kechuvida, qon ivishi jarayonida faol ishtirok etadi. Rasion- da qisqa vaqt mobaynida kaltsiy etish- masa organizm zaxiradagi kaltsiyni ishlatadi. Agar bu etishmovchilik uzoq vaqt davom etea yosh mollarda raxit, katta yoshli mollarda esa suyaklarning kaltsiy- sizlashuvidan osteomelyasiya kasalligi paydo bo’ladi. Yangi tuqqan sigirlar qon zardobida kaltsiyning kamayishi ayrim hollarda tug’ruq sholi kasalligiga sabab bo’ladi. Raxit va osteomelyasiya kasalli- gi rasionda fosfor yoki D vitaminining etishmasligidan ham kelib chiqishi mum- kin. Fosfor hayvonlar uchun zarurli- gi bo’yicha kaltsiydan keyingi o’rinda turadi va u kaltsiy b-n birgalikda suyakning tarkibiga kiradi. Fosfor fosfoproteinlar, fosfolipidlar, nu- Klein kislotalari tarkibida uchrab, organizmda kechadigan muhim biologic jarayonlarda — geksafosfatlar, ADF, ATF sintezida qatnashadi. Fosfor etishmaganda hayvonlarda ayrim kasal- liklar ro’y beradi. Bu holat surunkali bo’lsa hayvonlarda bo’g’inlarning bukil- may qolishi, mushaklar zaiflashishi yuz beradi. Fosforning kon zardobidagi kontsentrasiyasi qoramollarda 4—12mg % bo’ladi. Organizmda kaltsiyning fosforga bo’lgan nisbati ham katta ahamiyatga ega bo’lib, u 2:1 dan 1,2:1 gacha bo’lishi mumkin. Kaliy va natriy nerv sistemasi, yurak va qon tomirlarining me’yorida ishlashini, kaliy ionlari esa eritrositlar ichidagi rn muvozanatini ta’minlaydi. Temir va mis eritrositlar va b. hujayralar (gemoglobin tsitroxrom oqsili) tarkibida uchrab, kon orkali to’qima va hujayralarni O2 b-n ta’- minlashda muhim ahamiyatga ega. Yod qalqonsimon bezining tiroksin gormo- ni tarkibiga, oltingugurt va rux me’da bezi gormon i tarkibiga kiradi. Bun- dan tashqari, rux barcha to’qimalar tar- kibiga kirib, yosh mollarning o’sishi va jinsiy bezlarning me’yorida fao- liyati uchun juda zarur. Kobalt barcha to’qima va organlar tarkibiga kiradi va, ayniqsa, ichki sekresiya bezlari tarki- bida kup uchrab, modda almashinuvi ja- rayonini boshqarishda faol qatnashadi. Ozuqada kobaltning etishmasligi kavsh qaytaruvchi hayvonlar me’da oldi bo’limlarida V12 vitaminining sin- tezlanishini pasaytiradi. Marganes organizmda juda kam uchraydi, lekin u jigar, buyrak, suyak, oshqozon osti bezi va gipofiz tarkibiga kiradi. Bu element oqsil, yog’va uglevodlarni parchalaydigan fermentlarning faollashuvida ishtirok etadi. Hayvonlarning mineral moddalar b-n etarli mikdorda ta’minlanganligi- ni tekshirish uchun balans tajribalari o’tkaziladi. Bunda iste’mol qilingan ozuqa va ichimlik suvi tarkibidagi mi- neral moddalar miqdori b-n tezak, siy- Dik va sut orqali tashqariga ajratilgan mineral tuzlar mikdori solishtirila- Di. Qisman mineral moddalar jun, teri epidermasi va ter b-n ham ajratiladi. Ko’pincha rasiondagi kaltsiyning fos-Forga va kaliyning natriyga bo’lgan nis- bati nazorat qilinadi. Mineral modda- lar balansi manfiy bo’lsa, hayvonlar mineral moddalar etishmasligidan turli kasalliklarga chalinishi mumkin. Hayvonlarda organizmdagi mineral moddalarning etishmasligi mineral ozuqalar berish yo’li b-n qoplanadi. Ad.: Imomaliev A., Zikiryoeva., O’simliklar biokimyosi, T., 1987. Abdukarim Zikiryoev, Ruzimat Hamroqulov.