Mineral ozuqalar

Mineral ozuqalar – chorva mollarining ozuqa rasionida ba’zi ki-myoviy elementlar etishmaganda em- xa-shakka qo’shib beriladigan qo’shimcha mineral ozuqalar. Chorva mollari ta- nasida turli mineral elementlar uch- raydi. Ulardan 15 tasining hayvonlar organizmidagi fiziologik ahamiyati aniqlangan. Ftor, bariy, brom va stron- tsiy elementlari esa ehtimol zarur bo’lgan elementlar qatoriga kiritilgan. Hayvon tanasida ko’p yoki kam miqdorda uchrashiga qarab mineral ele- mentlar 2 guruhga ajratiladi; makro- elementlar (ularning 1 kg ozuqadagi mikdori g da ifoda etiladi). Chorva mol- lari ozuqalarida makroelementlardan kaltsiy, fosfor, natriy, kaliy, xlor, magniy va oltingugurt ele-mentlarining mikdori nazorat qilinadi; 2) mikroele- mentlar (ularning 1 kg ozuqadagi mikdo- ri mg da o’lchanadi). Hayvonlar iste’mol qiladigan o’simlik mahsulotlaridan olingan ozuqalarning mineral tarkibi tuproq va iqlim sharoitiga hamda agrotexnik sharoitlarga, o’g’itlarning qo’llanishiga ham bog’liq. Ko’pchilik o’simlik ozuqalarda natriy va xlor etishmaydi. Shuning uchun hayvonlar em-xashagiga osh tuzi qo’shiladi. Kaltsiyli ozuqa sifatida tuyilgan bo’r va t-ravertinlar, ohaktoshlar hamda o’tin kulidan foydalaniladi. Hayvonlarning mineral elementlarga bo’lgan talabini aniqlashda ba’zi elementlarning o’zaro nisbatini ham hisobga olish kerak. Chunonchi, kaltsiy va molibdenning rasionda ortib ketishi boshqa elementlarning hazm bo’lishini susaytiradi. Temir, mis, kobalt elementlarining ma’lum bir nisbatda bo’lishi juda ham zarur. Chunki, qondagi gemoglobin oqsilning sintezi yuqoridagi elementlarning o’zaro nisbatiga bog’liq bo’lib, ulardan birontasining etishmasligi anemiya (kamqonlik) kasalligiga olib keladi. Yod elementi qalqonsimon bez ajratadigan tiroksin gormoni tarkibida bo’lib, shu bezning bir me’yorda faoliyat ko’rsatishini ta’minlaydi. Parrandachilikda kaltsiyli oziqlantirishda tuxum po’chog’i va chuchuk suv mollyuskalari, dengiz chiga- noklaridan tayyorlangan ozuqa yormalari keng qo’llaniladi. Kaltsiy va fos-Forli elementlar etishmaganda rasi-onga fosfatli ozuqalar qo’shiladi. M.o.ga turli kontsentratlar, silos va maydalan- gan ildizmevalar aralashtiriladi. M.o. har qanday aralash emlarga qo’shilishi shart. 3-dlarda M.o.dan tuzlar aralashma- lari, yalanadigan bri-ketlar va Tablet- kalar tayyorlanadi. Hayvonlar rasio- nini mineral ozuqalar b-n boyitishda, ayniqsa, mis, ftor, selen va molibden- ning rasionda me’-yordan ortib ketishi hayvonlarni zaharlashi mumkin. Orga- nizmdagi ishqoriy kislotali muhit mu- vozanatining saqlanishida ham mineral moddalarning ahamiyati katta. Ro’zimat Hamroqulov.