MEKLENBURG-OLD POMERANIYA
MEKLENBURG-OLD POMERANIYA — Germaniya eri. Mamlakatning shim.-Sharqiy qismida, Boltiq dengi- zi so-hilida joylashgan. Mayd. 23,2 mingkm2. Ma’muriy markazi — Shverin sh. Aholisi 1,8 mln. kishi (2000). M.- O. P.da aholi nisbatan siyrak. Tabiiy landshafti saqgsanib qolgan. Relefi sertepa, yaylov va o’rmonlar bor. Eng katta daryosi — Elba. Ko’l ko’p bulgani uchun “ming kullar eri” deb ataladi. Eng yirigi — Myuris ko’li (mayd. 117 km2). M.-O. P.da 250 dan ortiq tabiiy va landshaft qo’riqxonalari tashkil etil- gan, 3 milliy bog’bor. Old Pomeraniya uzok, vakt Shvesiya hukmronligi osti- da bo’lgan, keyinroq Prussiya tarkibiga o’tgan. Meklenburg Germaniya imperiyasi tarkibidagi mustaqil hudud edi. M.-O. P. eri 2-jahon urushidan so’ng sobiq Germaniya demokratik Respublikasi tar- kibida tashkil etilgan, biroq tez orada 3 okrugga ajratib yuborildi. 1990 y.da yana GFR tarkibidagi er qilib tiklandi. M.-O. P. xo’jaligida q. x. etakchi tarmoq. Dehqonchilik va chorvachilik ri- vojlangan. Dengiz va dare suvlaridan baliq ovlanadi. Sohilbo’yida Sharqiy r-nlarning kema verfi va kemasozlik korxonalari joylashgan. Turizm rivoj- langan. Yil davomida 10 mln.dan ortiq sayyoh kelib-ketadi. Yirik shaharlari — Rostok, Shverin.