ZANJILAR
ZANJILAR — 1) 7—9 asrlarda Arab va eroniy qul savdogarlari Zanjibar oroli (Sharqiy Afrika) dan Iroqqa keltirgan qullar. Zanjilarni maxsus lagerlarda saqlashgan. Ular Shatt al-Arab daryosi sohilidagi sho’rxok yerlarni tozalashda, qo’riq ochishda, sug’orish ishlarida, Janubiy Iroqda selitra qazishda, Xuzistonda shakarqamish ekinzorlarida ishlatilgan. Bag’dod xalifaligida Zanjilardan maxsus soqchi guruhlari tuzilgan; 2) negroid irqi vakillari (negrlar)ning Arabcha va forscha nomi.
O‘xshash so‘zlar
- Zanjilar
- ZANJILAR QO’ZG’OLONI
- ZANJIR
- ZANJIR CHIZIQ
- ZANJIR REAKTSIYALAR
- ZANJIRA
- ZANJIRLI UZATMA
- ZAPASHCHIKOVA LILIYA IVANOVNA











