Zanjilar

Ma’nosi

Zanjilar (arabcha)-1) VII-IX asrlarda arab va eroniy qul savdogarlari Zanjibar oroli (Sharqiy Afrika) dan Iroqqa keltirilgan qullar. Zanjilarni maxsus lagerlarda saqlashgan. Ular Shatt al-Arab daryosi sohilidagi sho’rxok yerlarni tozalashda, qo’riq ochishda, sug’orish ishlarida, Janubiy Iroqda selitra qazishda, Xuzistonda shakarqamish ekinzorlarida ishlatilgan. Bag’dod xalifaligida Zanjilardan maxsus soqchi guruhlari tuzilgan; 2) negroid irqi vakillari (negrlar)ning arabcha va forscha nomi.

O‘xshash so‘zlar

Z harfiga oid tarixga oid ensiklopedik atamalar: barcha so‘zlar