Surgun

Surgun — jinoiy jazo turi; mahkumni muayyan boshqa bir joyda yashash uchun majburiy ravishda ko’chirish. Sobiq sho’rolar davrida S. qilish inson huquqlarini poymol etishning o’ziga xos usullaridan biri bo’lgan. S. asosiy jazo sifatida ham, qo’shimcha jazo sifatida ham 2 y.dan 5 y.gacha bo’lgan muddatga tay- inlanishi mumkin edi. Mehnatga layoqatli mahkum S. muddatini, albatta, mehnat qilish bilan birga o’tagan. Qatag’onlar davrida qanchadanqancha begunoh odamlar, siyosat, fan, madaniyat arboblari sovuq yurtlarga “xalq dushmani” degan tamg’a bilan S. qilingan. Repressiyam uchrab, S. qilingan minglab yurtdoshlarimiz O’zbekiston o’z mustaqilligini qo’lga ki- ritishi sharofati bilan, Prezidentning sa’yharakatlari tufayli okdandi. O’zbekiston Respublikasining JK (1994 y. 22 sent.)dagi jazo tizimida S. shaxsning sha’ni, qadrqimmati top- talishiga olib keladigan jazo turi bo’lganligi uchun o’z ifodasini topmagan.