Sian

Sian — Xitoyning Markaziy qismidagi shahar. Veyxe daryosi (Xuanxe daryosi irmog’i) vodiysida joylashgan. Shensi provintsiyasining ma’muriy markazi. Aholisi 6,7 mln. kishi (1998). Transport yo’llari tuguni. Metallur- giya, ko’p tarmoqli mashinasozlik (sta- nok, pribor, avtomashina, traktor va sa- molyotlar i.ch.), keramika, to’qimachilik, farmasevtika, lokbo’yoq, oziq-ovqat sano- ati korxonalari mavjud. un-t, muzeylar bor. S. — qad. shahar. Shaharga mil.AV. 202 y.da Xan imperiyasi poytaxti sifatida asos solingan va Chan’an deb atalgan. 3-6-a.larda Chan’an shim. Xitoy dav- latlari poytaxti bo’lgan. 583 y.da xoz. S. o’rnida Yan Szyan imperiyasi davri- da Xitoyning yangi poytaxti Dasin sh. qurilgan va keyinroq Chan’an deb qayta nomlangan. 10-a.dan boshlab, S. avvalgi mavqeini yo’qota borgan. 14-a.da yangitdan tashkil etilgan Sian okrugining ma’muriy markazi bo’lgan va o’sha vaqtdan S. deb atala boshlagan. Me’moriy yodgorlikla- ridan 3 yarusli minoralar (14-a.), shahar devori qoldiqlari, Pagodalar (707— 709) va b. saqlangan.