SKUMBRIYASIMONLAR

SKUMBRIYASIMONLAR (Scumbridae) — okunsimonlar turkumi- ga mansub suyakli baliklar oilasi. Uz. 40-60 sm (ba’zan 3 m gacha), vazni 1,5—8 kg. Dumining asosi ingichkalashgan, unda 4-9 qo’shimcha mayda suzgichlar bor. Tan- gachalari mayda, 15 urug’i, 40 dan ortik, turi tropik, subtropik va iliq suvli dengizlarda tarqalgan. S. tuda bo’lib, sohil yaqinida suzib yuradi. S.ning bir turi — oddiy skumbriya qora dengizda uchraydi. Ular 2-4 yilda voyaga etadi; ezda dengizning uncha chuqur bo’lmagan joyiga 200-500 ming uvildiriq tash- laydi. Ovlanadi.