Sliven
Sliven — Bolgariyadagi shahar, Stara-Planina tog’larining Janub etagida. Aholisi 100,6 ming kishi (2001). Sliven — mamlakatning qadimgi to’kimachilik markazlaridan (1830 yildan). Mashinasozlik (stanoksozlik, avtomobil ehtiyot qismlari, elektrolampalar va boshqalar ishlab chiqarish), oziq-ovqat, oynashisha, mebel sanoati korxonalari bor. Gilam to’qiladi. Sliven yaqinida Slivenski-mineralni-Bani balneologik kurorti joylashgan.
O‘xshash so‘zlar
- Slovak tili
- Slovakiya
- SLOVAKIYA FANLAR AKADEMIYASI
- Slovaklar
- SLOVASKIY
- Sloven tili
- Sloveniya
- Slovenlar, slovinlar











