Slyab
Slyab (inglizcha slab, aynan —plita) — metallurgiya sanoatining chala mahsuloti; kesimi to’g’ri to’rtburchak shakldagi yassi po’lat zagotovka. Slyab po’latni uzluksiz quyish qurilmalarida yoki slyabingda, ba’zan esa blumingda olinadi. Slyabning eni 400-2500 millimetrgacha, qalinligi 75— 600 millimetrgacha bo’ladi. Undan list prokat ishlab chiqariladi.
O‘xshash so‘zlar
- Slyabing
- Slyudalar
- Smalta
- Smeta
- Smetana
- Smetana (Smetana) Bedrjik
- Smirnov Vladimir Ivanovich
- Smislov Vasiliy Vasilevich











