Smalta

Smalta (nemischa Smalt yoki Schmalte, Schmelzen — eritish, suyukdantirish) — mozaika ishlari uchun qo’llaniladigan kichik o’lchamli kub (1-2 sm3) yoki plastinka (1-2 sm2) shaklidagi rangli bo’g’iqshisha. Smalta bunday shishani pishirish jarayonida qoliplarga quyish yoki issiq holatda presslash (ba’zan qo’shimcha kristallash) yoxud issiq holdagi shishaning 2 qatlami orasiga yupqa rangli zar qog’oz joylashtirib presslash yo’li bilan tayyorlanadi.