SIPUNKULIDLAR

SIPUNKULIDLAR (Sipunculida) dengiz umurtqasiz hayvonlari tipi. Uz. I dan 50 sm gacha. Chuvalchangsimon, segmentlarga bo’linmagan tanasining uchi (xartumcha)da paypaslagichlar b-n o’ralgan og’iz teshigi bor. Og’zidan keyin- rokda (orqa tomonida) anal teshigi joy- lashgan. Ichagi uzun, xalqasimon o’ralgan. Ayirish organi — nefridiylar. Qon ay- lanish sistemasi kuchsiz rivojlangan. Nerv sistemasi halkum usti nerv tuguni (“miya”) va qorin nerv ustunidan iborat. Muskullarining qisqaribbo’shashishi natijasida harakatlanadi. Ayrim jin- sli. Rivojlanishi, asosan, metamorfoz orqali (tuxumidan troxofora lichinka- si chiqadi), ba’zan o’zgarishsiz boradi. 1 sinf (sipunkulidlar) dan iborat. Den- gizlarda suv tubida, ko’pincha mollyuska- larning bo’sh chig’anoklari, chuvalchanglar va b. hayvonlar inlarida yashaydi. Barents va uzoq Sharq dengizlarida ko’p uchraydi.