Sirchumchuqlar

Sirchumchuqlar (Saxicola) qorayaloqlar oilasiga mansub qushlar urug’i. 10 turi bor. Tanasining uz. 12,5— 20 sm, vazni 15-16 g. Evrosiyo va Af- Rikada uchraydi. O’zbekiston cho’llarida qora boshli sirchumchuq, qora sirchumchuq uya quradi. Uyasini o’tlar orasidagi chuqurliklarga, ba’zan yiqilgan daraxt ildizlari ostiga quradi. 4-7 tuxum qo’yadi. Tuxumlarini modasi 12-13 kun bo- sadi. Bolalarini 2 hafta uyada va 2-3 hafta uyadan tashqarida boqadi. Har xil hasharotlar, o’rgimchaksimonlar, mollyu- skalar, chuvalchanglar b-n oziklanadi.