Sichqon qushlar

Sichqon qushlar (Coliformes) qushlar turkumi. 6 turni birlashtirgan bitta oilasi bor. Uzundum S.q. tanasi 38 sm cha (dumi b-n), ogirligi 42— 56 g. Tumshug’i va oyog’i qizil, elkasidagi patlari yashil tusda tovlanadi. Tanasi- ning boshqa qismlarida patlari kulrang yoki qo’ng’ir tusda. Ensasida ko’k dog’i, boshida kokili bor. Oyog’idagi to’rtta barmog’i ham oldinga qaragan, biroq 1 va 4si orqaga qayrilishi mumkin. Da- raxtda to’ti qushlarga o’xshab tumshug’i b-n shoxlarga ilashib olib yuradi, erda ham chaqqon harakatlanadi. Uyasini da- raxt va butalarga quradi, 2-3 ta tuxum qo’yadi, tuxumlarni ikkala jins navbat b-n 12-15 kun bosadi. Afrikaning Sahroi Kabirdan Jan.roqda joylash- gan hududlarida tarqalgan. Butazorlar, o’rmon chetlari va bog’larda gala bo’lib yashaydi. O’simlik urug’i, mevasi, kurtagi va b. b-n oziqlanadi. Ba’zi S.q. mevala- ruzun dumli ni eb bog’larga ziyon sichqon qush. keltiradi.