ZUBR
ZUBR (Bison bonasus) — quvushshoxlilarga mansub sut emizuvchi hayvon. Tanasining uzunligi 3,5 metrgacha, bo’ynining yag’rinidan balandligi 1,9 metrgacha, vazni 900 kilogrammgacha. Tanasi yo’g’on, boshi katta, ko’zi kosasidan chiqqan, yelkasida qalin, jingalak yoli bor. Mo’ynasi qoramtir. Iyagida soqoli, boshida kokili, bo’ynida shokilasi, dumining uchida bir tutam popugi bor. Juni qalin, tanasining oldingi qismida uzun, keying qismida kalta. 2 kenja turi: tekislik zubri (V. b. bonasus) va Kavkaz zubri (V. b. Caucasus) tarqalgan. Qadimda Zubr Yevropa o’rmonlari, Kavkaz va Rossiyaning Yevropa qismida tarqalgan. Avgust — sentabrda urchiydi. Podasida 1 erkagi va 2-6 urg’ochisi bo’ladi. Bo’g’ozlik davri 9 oy. Bitta bola tug’adi, bir yilgacha emizadi. 2-3 yoshda jinsiy etiladi. 3. 30-40 yil yashaydi. 20-asrning 20-yillariga kelib dunyo bo’yicha hammasi bo’lib 48 ta Zubr qo’riqxonalarda saqlanib qolgan. Muhofaza choralari ko’rilishi tufayli soni hozir birmuncha ko’paygan.