ZUFAROV KOMILJON AHMADJONOVICH

ZUFAROV KOMILJON AHMADJONOVICH (1925.1.5 – Toshkent – 2002.30.7) -gistolog olim, O’zbekiston Fanlar Akademiyasi akademik (1968), O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi (1968). Toshti ni tugatgan (1951). 2-jahon urushi qatnashchisi, Andijon tibbiyot instituti gistologiya kafedrasi mudiri va fakultet dekani (1955-57), o’lka tibbiyot instituti va O’zbekiston Fanlar Akademiyasi yadro fizikasi institutida laboratoriya mudiri (1957-65), Toshti rektori (1956-71), o’lka tibbiyot instituti direktori (1971 — 72). O’zbek sovet entsiklopediyasi bosh muharriri (1977— 86), «Fan va turmush» jurnali bosh muharriri (1988— 1992). Toshti gistologiya kafedrasi (1962 yildan) va biofizika laboratoriya (1966 yildan) mudiri. Asosiy ilmiy ishlari hujayralar ichida sekresiya va so’rilish jarayonlari hamda ularning boshqarilish mexanizmini o’rganishga oid. O’zbekistonda birinchi bo’lib elektron mikroskopiya laboratoriyaga asos solgan. Ingichka ichakdan so’rilgan ekzogen oqsillarning buyraklarda parchalanishi to’g’risidagi ilmiy kashfiyot muallifi (1987). Beruniy nomidagi O’zbekiston Davlat mukofoti laureati (1981). As: Ultrastrukturnie Osnovi sistemnoy organizasii organov i tkaney, T., 1983; Vliyanie nekotorix ximicheskix faktorov vneshney sredi na Deystviye lekarstvennix vetshestv, metaboliziruyutshixsya v pecheni, T., 1979; Gistologiya, T., 1991; Gistologiya (rukovodstvo), (hamkorlikda), Sankt-Peterburg, 2001.