ZUHRO KAMARI

ZUHRO KAMARI (Cestus veneris) -paypaslagichlar turkumiga mansub; taroqlilar turi. Tanasi tasmasimon, tiniq tusli; rangini o’zgartirish xususiyatiga ega. Uzunligi 1,5 metrgacha. Og’iz teshigi tanasining o’rtasida joylashgan. Tanasida 8 ta meridian qatordan iborat taroqsimon plastinkasi bor. Ulardan 4 tasi boshqalariga nisbatan uzun bo’lib, tana bo’ylab cho’zilgan. Paypaslagichlari yordamida suzib yuradi. Qorong’ida yorug’ nur tarqatadi. Tropik va subtropik dengizlarda tarqalgan.