ZUFO

ZUFO (Nepeta cataria) — yalpizdoshlar (labguldoshlar) oilasiga mansub ko’p yillik serpoya o’t. Bo’yi 80 santimetrcha. Barglari tuxumsimon, orqasi tukli, qaramaqarshi joylashgan. Gullari och binafsha poya va shoxlari uchida yarim soyabon holida to’plangan. Mevasi 4 ta yong’oqcha. Zufo tarkibida efir moyi va boshqa moddalar bor. Barg qaynatmasi xalq tabobatida ishtaha ochish, yo’talni bosish uchun, shuningdek, nafas yo’llari va me’da kasalliklarini davolashda qo’llaniladi.