Go’ngxona
Go’ngxona — chorvachilik bi- nolaridan chiqarilgan go’ngni yig’ish, yuqumsizlantirish va saqlash uchun quriladigan inshoot; go’ng saqlanadigan maxsus joy. G. go’ng holati, saqlash mud- dati, yig’ib chiqarish usuli va iqlim sharoitlariga qarab turlicha bo’ladi. Oddiy G. chuqurligi 1 m, tubining eni 3-3,5 m, og’zi 4-4,5 m qilib qazilgan o’radan, go’ng shaltog’i yig’iladigan bit- ta yoki ikkita chuqurdan iborat. Trans- port kirib-chiqishi uchun bosh tomoni va oxiri Nishab qilingan bo’ladi. G. tubiga tosh yoki g’isht teriladi, shaltoq to’planadigan chuqurlarning tubi va de- vori suv o’tkazmaydigan qilinadi. Er osti suvlari yuza erlarda g. o’rnini past devor b-n o’rab, uni er betiga qurish ham mumkin. G.ga go’ng ustma-ust solinave- radi. Zarur miqdorda fosforit uni qo’shiladi, ustidan mashina, traktor yoki ot-arava yurgizib zichlanadi va uyum er betidan 1 m ko’tarilganda ustiga 10— 15 sm qalinlikdan tuproq solinadi. Yozda vaqt-vaqti b-n suv sepib turiladi. Bunda go’ng yaxshi saqlanadi, yaxshi chirib, sifa- ti oshadi.