Gaplologiya
Gaplologiya (Yun. gaplos — yakka, oddiy va logiya) — so’zdagi ketma-ket kelgan ikki bir xil yoki o’xshash fone- tik tarkibli bo’g’inlardan birining tushib qolishi. Bu hodisa so’z yasalishi, ko’proq qo’shma so’z yasalishi jarayonida kechadi. Mac, “qayn” va “ini” so’zlaridan “qaynini” qo’shma so’zi yasalgan, yonma-yon kelgan bir xil bo’g’inlardan bir “ni” bo’g’ini tushib qolgan: qayii. Bu chet ti- lidan o’zlashgan so’zlarda ham kuzati- ladi: mineralologiya mineralologiya so’zidagi bitta “lo” bo’g’ini qisqarib, “mineralogiya” shaklida talaffuz eti- ladi. G. ko’proq og’zaki nutqda, ayniqsa tez gapirganda, ba’zan adabiy tilda ham uchraydi.