Gviana, Frantsiya Gvianasi

Gviana, Frantsiya Gvianasi (Guyane) — Jan. Amerikaning shim.- sharqidagi mamlakat. Frantsiya mul- ki (“dengiz ortidagi departamenta”). Mayd. 91 ming km2. Aholisi 157 ming kishi (1990-y.lar oxirlari), asosan kre- ol, indeys va negrlar. Axrlisining yarmi G.ning ma’muriy markazi — Kayenna sh.da yashaydi. Rasmiy til — frantsuz tili. Tabiati. G. Gviana yassitog’ligining shim.-sharqida joylashgan. Er yuzasining o’rtacha bal. 300-400 m, eng baland joyi 850 m. Iklimi subekvatorial, issiq va sernam. O’rtacha oylik t-ra 26-28°. Yillik yog’in 3200-3500 mm. Asosiy da- ryolari: Maroni, Oyapoki. G. hududining 90%i qimmatbaho yogoch beradigan ser- nam tropik o’rmonlar b-n qoplangan. Tarixi. Qadimdan G. hududida ovchilik, baliq ovlash, yovvoyi o’simlik mevalari- ni yig’ish b-n kun kechiruvchi ko’chmanchi indeyslar yashagan. G.ni dastlab 1604 y.da frantsuzlar bosib olgan va bu erda 1634 y.da Kayenna sh.ni barpo etgan. G. hududi 17-a. o’rtalaridan 19-a boshlarigacha Frantsiya, Buyuk Britaniya, Portugaliya, Niderlandiya davlatlari o’rtasida talash bo’lib keldi. 1817 y.dan frantsuzlar g.da mustahkam o’rnashib oldilar. 18-a. oxi- ridan 20-a. boshigacha g. frantsuz siyosiy mahbuslari surgun qilinadigan joy bo’lgan. 1946 y. 19 martda g.ning mustam- laka maqomi Frantsiyaning dengiz orti- dagi depertamenti qilib o’zgartirildi. Xo’jaligi. Aholining asosiy mashg’uloti — dehqonchilik. Mahsuloti eksport qilinadigan ekinlardan shakarqamish (asosan rom tayyorlash uchun), kofe, kakao, banan; ichki ehtiyojlar uchun makkajo’xori, sholi, tsitrus me- valar va sabzavot etishtiriladi. Qoramol, cho’chqa boqiladi. Okeandan dengiz hayvonlari, baliq ovlanadi. Sanoatining asosiy tarmoqlari: ol – tin qazib chiqarish, yog’och tayyorlash. Oltin eksport mollari qiymatining qariyb yarmini, yog’och 1/4 qismini tash- kil etadi. Oziq-ovqat, yog’ochsozlik sa- noati korxonalari bor. Chetga krevetka (qisqichbaqaning mayda turi), Push- ti daraxt ekstrakti, xom teri, balik, moyi chiqaradi. Chetdan qurilish ma- teriallari, yoqilg’i, matolar, turli jihozlar keltiriladi. Tashki savdo asosan Frantsiya b-n olib boriladi. Dengiz va havo yo’llari orqali Fran- tsiya, Angliya, AQSh va b. mamlakatlar b-n bog’langan. Kuru sh. yaqinida Frantsiya- ning kosmik tadqiqotlar bo’yicha mil- liy markazi va kosmodrom joylashgan. Pul birligi — Frantsiya franki.