Galaktik toj

Galaktik toj — Galaktika atrofini o’rab turuvchi ko’rinmas yulduzlar va qora materiyadan iborat qobiq. Dastlabki kosmik nurlarni tekshirib olingan ma’lumotlarga qaraganda yulduzlarda ba’zi elementlar, ayniqsa, litiy, berilliy va bor ko’p. Bu elementlar yadro reaktsiyasi natijasida yulduzlarda qisqa muddatda “yonib” tamom bo’ladi. Kosmik nurlar tarkibida kaltsiy, temir, nikel kabi og’ir elementlar ularning kosmosdagi o’rtacha mikdoridan bir necha o’n baravar ortiq. Litiy, berilliy va borning ko’p bo’lishiga sabab, og’ir yadrolar (asosan, proton va alfa zarralar)ning yulduzlararo gaz b-n to’qnashuvidir. O’ta yangi yulduzlarning chaqnashidan hosil bo’ladigan kosmik nurlar va elektronlar Galaktikaning 10-6— 10″5 e kuchlanishdagi magnit maydoni kuch chiziqlari yo’nalishida harakat qiladi va erga etib kelguncha Galaktika atrofida milliard yillar aylanib yuradi.