Gandi moxandas Karamchand

Gandi moxandas Karamchand (1869, Gujarot vilo- yati — 1948.30.1, Dehli) — Hindiston milliy ozodlik harakati rahbarlaridan biri, taniqli mutafakkir. Hind xalqi uni “Mahatma” (“Buyuk qalb”) deb atay- Di. Uning nomi b-n bog’liq bo’lgan gan-dizm ta’limoti Hindistondagi asosiy hukmron partiya — Hindiston mil- liy Kongressining rasmiy mafkurasi hisoblanadi. 1887 — 91 y.larda Angli- yada hukuqshunoslik bo’yicha ma’lumot oladi. 1891 y.dan advokatlik vazifasi- da, 1893-1914 y.larda Jan. Afrikada- gi (Angliya mustamlakasi) Gujarot savdo firmasida huquqshunosmaslahatchi. Na- taldagi olmos, ko’mir, oltin konlarida, shakarqamish plantasiyalarida yollanib ishlayotgan hind dehqonlarining inso- niy huquqlarini himoya qilib 22 yil kurash olib bordi. G. “satyagraxa” (“kuch ishlatmasdan kurashish”) taktikasini ishlab chiqtsi. U 1915 y.dan Milliy kon- gress ishlarida faol katnasha boshladi. G. ingliz mustamlakachilariga qarshi tinch namoyishlar o’tkazish, chet el tovar- larini boykot qilish, rasmiy mansab va unvonlardan voz kechish, soliq to’lashdan bosh tortish kabi kurash usullari orqali mehnatkash ommani kurashga jalb etdi. G. bir necha marta qamalgan (1922-24, 1930-31,1942-44). G. hindular b-n musulmonlarning o’zaro do’stligini mustahkamlashga intildi. Kastachilik- ka qarshi kurashdi. G.ninghinduizmtya e’tiqodi chuqur bo’lgan; boshqa dinlarga hurmat b-n qaragan. G. butun faoliyatida din b-n siyosatni bir-biriga bog’lashga harakat qilgan. G.ning barcha dinlar hamkorligi va do’stligi haqidagi g’oyalari Hindistondagi reaktsion unsurlarning g’azabini keltirgan. Hindularning re- akiion shovinistik tashkiloti a’zosi tomonidan otib o’ldirilgan.