Garni

Garni — qad. qal’a va turar joy qoldig’i. Erevandan 27 km Sharqda joy- lashadi arman podsholarining yozgi qarorgohi (mil. AV. 2-a.— mil. 17-a.). Qal’a devorida 7 to’g’ri burchakli minora bor. Devor va minora chegalar b-n o’zaro mustahkamlangan yirik bazalt toshlar- dan tiklangan. Arxeologik qazishlar natijasida g.ning eneolit va jez dav- ridan tortib, to o’rta asrlargacha bo’lgan bir necha madaniy qatlami aniqlangan. Sathiga rang-barang tosh terilgan katta hammom xarobasi (3-a.) va bir necha ibodatxona bor. Ibodat-xonalar- ning eng kattasi (4,82×16,02) majusiy qabilalarga mansub bo’lib, kichik Osiyo ya.o. dagi ibodatxonalariga o’xshashdir. G. qabrlaridan jez va temirdan qilingan mehnat qurollari, harbiy aslahalar, zeb-ziynat buyumlari topilgan.