Gvido D’aresso
Gvido D’aresso (Guido d’Arezzo), Aressolik Gvido (990-y. lar, Aresso, Toskana viloyati — 1050. 17.5, Pompoza) — italyan musiqachisi, cherkov xori rahbari. O’rta asr musiqa amaliyoti sohasida yirik islohotchi. Za- monaviy nota tizimiga asos qo’ygan. Har bir chiziqda tovush balandligi harflar b-n ifodalangan 4 chiziqli nota yozuvi- ni amalda qo’llagan. Bu musiqa asari- ni yozib olishga qulay imkoniyat yaratib, kompozitorlik ijodi rivojida muhim rol o’ynagan. Musiqa tovushlarini yangi nomlash tartibi, oraliq (Inter- val)lari muayyan nisbatdagi 6 pog’onali tovushqatorni kiritgan (ut-re-mi-fa-solla). Ba’zi musiqashunoslar (mas, V. M. Belyaev) G. D’ A. ning nota yozuvi islohiga Sharq (Arab) cholg’u tabulaturask ta’sir ko’rsatganligini ta’kidlagan.