Torit

Torit — orolli silikatlar sinfiga mansub mineral. Kimyoviy tarkibi ThSiO4. T.ning turlari: oranjit (to’q sariq rangli shaffof turi); uranotorit (UO2 10% gacha); torogummit (N2O 15% gacha); ferritorit (Fe2O3 13% gacha); kaltsiotorit va fosfor tarkibli T — auerlit. Undan tashqari, T. tarkibida aralashma sifatida (ThO2 77% gacha), A1, Ti, Mn, U, TR, Fe, sa, R hamda kamyob er elementlari mavjud. Tetragonal singoniyada kristallanadi. Odatda, donador agregatlar ko’rinishida bo’ladi. Ko’pchilik T.lar metamikt mineral (q. Metamikt minerallar). Rangi qora, qizg’ishqo’ng’ir, to’q sariq. Qattiqligi 4,5—5, zichligi 4,1—6,7 g/sm3. Kuchli radioaktiv (q. Radioaktiv minerallar). T. shaffof, anizatrop, mo’rt, yog’dek yaltiraydi. Granitlarda, ba’zan ishqorli tog’jinslarida, pegmatitlarda va gidrotermal tomirlarda aktsessor mineral tarzida uchraydi. T.lar, odatda, katta uyumlar hosil qilmaydi, kassiterit, tsirkon bilan birga sochmalardan olinadi. Toriy rudasi (q. Toriy rudalari). O’zbekistonda ChatqolQurama regionining granitoidlarida aktsessor mineral holida uchraydi.