Tormoz yo’li

Tormoz yo’li — transport vositasi (avtomobil, tramvay va boshqalar) ga tormoz berilgan paytdan boshlanib, toki butunlay to’xtaguncha o’tgan masofa. Temir yo’l transport vositasiga qarab har xil kattalikda bo’ladi. Temir yo’lning katta-kichikligi tormoz mexanizmlarining samaradorligiga, yuritma va tormozlarning ishga tushish vaqtiga, transport vositasining harakat tezligiga, g’ildiraklarning yo’l qoplamasi (yoki relelar) bilan tishlashish (ilashish kuchiga), yo’l (rels)ning sirpanchiqlik darajasi, haydovchining reaktsiyasi va boshqa ba’zi omillarga bog’liq bo’ladi.