Torevtika

Torevtika (Yunoncha toreutikos — metallga san’atkorona ishlangan relef; toreuo — o’yaman so’zidan) — badiiy metall buyumlarga qo’lda relef hosil qilib ishlov berish san’ati. Buyumlarga ko’pincha kandakori yoki bosma usulda ishlov berish Torevtika nomi bilan ataladi. Ba’zan «Torevtika» atamasi orqali quyma buyumlarni pardozlash ham ifodalanadi.