Totonaklar

Totonaklar — Meksikadagi indeys xalqi. 200 ming kishi (1990-yillar o’rtalari). Penuti tillariga qardosh tillarda so’zlashadi. Dindorlari — katoliklar. Qadimdat. Meksikaning Atlantika okeani sohillarida yashashgan. Verakrus shtatidagi taxina madaniyatini (2-ming yillik boshi) yaratuvchilari Totonaklar deb hisoblashadi. 14-asrdan asteklar qo’l ostida bo’lib ularga o’lpon to’lashgan. 16-asr boshida ispanlar tomonidan bo’ysundirilgan. Asosiy mashg’uloti — dehqonchilik.