Tosh

Tosh — 1) tarozi yordamida jismlar massasini o’lchash, tortish uchun mo’ljallangan, turli shakl va og’irlikdagi yuk, qadoq tarozi tosh, ya’ni og’irlik o’lchovi; odatda, shayinli tarozida o’lchanib, quyidagi to’plami qo’llaniladi: 10 mg, 20 mg, 50 mg, 100 mg, 200 mg, 500 mg, 1 g, 2 g, 5 g, 10 g, 50 g, 100 g, 200 g, 500 g. Savdo-sotiqda va boshqa maqsadlarda foydalaniladigan tarozilarda bulardan katta massali Toshlar ham qo’llaniladi; 2) masofa o’lchov birligi, Amir (yoki podsho) ning choparlari yo’l uzunligani o’lchayotganda har bir 8000 qadamga bir Tosh qo’yib ketishgan. Agar 1 qadam q0,75 m bo’lsa, unda 1 T. q 800000,75 mq6000 m q 6 km bo’lgan.