Toshyorar

Toshyorar (Saxifraga) — toshyorardoshlarga mansub o’tlar turkumi. Ko’p yillik ildizpoyali, ba’zan bir yillik o’simliklar, poyasi bitta yoki bir nechta, tik yoki yotiq. Guli oq, ko’kimtir, sarg’ish yoki qizg’ish. Kosachabarglari va gultojbargchalari beshtadan, changchilari o’nta. Mevasi ko’sakcha. 250 turi bor. Shim. yarim sharning sovuq va mo»tadil mintaqalarida tarqalgan. Arktikada va tog’li rayonlarning shag’alli, toshli yon bag’irlarida va qoyalarida o’sadi. O’zbekistonda Sibir toshyorari (S. sibirica) Farg’ona viloyati Hamzaobod qishlog’i atrofidagi toglarning salqin joylarida o’sadi; ayrim turlari manzarali o’simlik sifatida o’stiriladi.