Tonal tillar
Tonal tillar — leksik va (yoki) grammatik ma’nolarni farklash uchun xizmat qiluvchi tonlarga ega bo’lgan tillar. Fonologik jihatdan ton — leksik va grammatik ma’nolarni farklash uchun qo’llanadigan farqlovchi tovushiy vositalardan biri. T.t. Jan.Sharqiy Osiyo (Xitoy, Vetnam, Laos, birma tillari), Afrika (nilot tillari, kVA, bantu va b. tillar) va Amerikada (mishtek, mashatek, Trike va b. tillar) tarkalgan. Ba’zi T. t. (mas., xitoytibet tillari)da tonlar, asosan, leksik ma’nodorlikka ega bo’lsa, boshqalarida grammatik farklarni (otlarda son yoki jins, fe’l zamoni, inkor va shu kabi) xam ifodalashi mumkin. Aksariyat T.t. uchun tonlar va so’z urg’usining o’zaro munosabati masalasi munozaralidir; ba’zi T.t. uchun esa urg’uning mavjudligi va vazifasi haqida ishonarli dalillar mavjud emas. Shuni aytish kerakki, urg’u bir so’zda birdan ortiq bo’lmaydi, ton esa bir so’zda 4 tagacha (Xitoy tili) bo’lishi mumkin.