Griboedov Aleksandr Sergeevich

Griboedov Aleksandr Sergeevich [1795.4.(15).1, Moskva-1829.30.1(11.2), Tehron, Tbilisida dafn etilgan] — rus yozuvchisi, diplomat. Moskva un-tining falsafa, til-adabiyot, huquq va fizika- matematika f-tlarida o’qigan (1806-10). Talabaliq yillarida bo’lajak Dekabrist (N.M. vaa. 3. Muravyovlar, I. D. Yakush- kin, A.I. Yakubovich)lar b-n aloqada bo’ladi. Keyinchalik rus mutafakkiri va publisisti P.Ya. Chaadaev b-n yaqindan ta- nishadi. 1812 y.da ko’ngilli bo’lib ARMi- yaga xizmatga kiradi. Rossiyaning Eron- dagi elchisi bo’lib ishlayotgan vaqtida mutaassiblar tomonidan vahshiylarcha o’ldirilgan. G. dastlab frantsuz yozuv- chilariga taqlidan komediyalar (“yosh kelin-kuyovlar” 1815; “talaba”, 1817) yozgan. “1812 yil” pesasi (1824— 25) vatanparvarlik va fuqarolik ruhi b-n sug’orilgan. “Aqllilik balosi” (1824) komediyasi g.ga katta Shuhrat keltirdi. Dastlab qo’lyozma holida tarqalgan bu komediya rus adabiyoti, rus dramaturgi- yasi va rus teatrining o’sishida muhim bosqich bo’ldi. G. bu asarda rus jamiyati- dagi ijtimoiy va ma’naviy qoloqlikni qattiq fosh qiladi, uning rivojiga to’siq bo’lib turgan zodagonlarning FA- rosatsizligi, kaltafahmligi va xudbin- ligi ustidan kuladi. Asar fojiaviy ruhda yozilgan. G.ning “aqllilik balo- si” komediyasi Toshkentdagi rus akade- mik drama teatrida sahnalashtirilgan. Ad,: Piksanov N. K., A.S.Griboedov i ego tvorchestvo, M., 1945; Lebedev A. A., Gri- boedov. Fakti i gipotezi, M., 1980. Grivna — Ukraina pul birligi. 1996 y. da karbovanes o’rniga chiqarilgan. 1 g. = 100 kopeek. Xalqaro ifodasi UAK. Valyuta kurslari bo’yicha 1 AQSh dollari = 5,32 G; 1 G. = 130 so’m 58 tiyin (2002, Fev.)