Granados, Granados i Kampinya

Granados, Granados i Kampinya (Granados u Campina) Enrike (1867.27.7, Lerida, Kataloniya — 1916.24.3) — is- Pan kompozitori, pianinochi va pedagog, zamonaviy milliy kompozitorlik MAK- tabi asoschilaridan. Musiqa ta’limi- ni Barselonada olgan, keyinchalik Pa- rijga borib, fortepiano ijrochiligi (Sh. Berioda) va kompozisiya bo’yicha (J. Massneda) o’z malakasini oshirgan. Bar- selonada o’zi tashkil etgan musiqa aka- demiyasiga rahbarlik qilgan (1901 -16). LaMansh bo’g’ozida kema halokatida halok bo’lgan. Ijodida ispan xalq ohanglari va usullarini zamonaviy musiqaning ifoda vositalari b-n uyg’unlashtirgan. 6 opera, simfonik orkestr uchun poema va syuitalar (shu jumladan, “Arabcha Syu- ita”), fortepiano asarlari (“Aragoncha xota”, “Ispancha kaprichchio” va b.), ispan shoirlari so’zlariga romans va qo’shiqlar yaratgan.