Gvadalkvivir
Gvadalkvivir (Arab. Vodiy al- Kabir — Azim Daryo) — Ispaniyaning Jan. dagi dare. Uz. 560 km, havzasining mayd. 57 ming km2. Andalusiya tog’larining shim. etagidan boshlanib, Atlantika oke- anining Kadis qo’ltig’iga 8 km kenglik- dagi estuariy hosil qilib quyiladi. Fev.—mart oylarida to’lib oqadi. Jala yoqqanda suv sathi 7-9 m gacha ko’tariladi. Ezda suv kam bo’ladi. O’rtacha yillik suv sarfi 164 m3/sek. Asosiy irmoqlari: Kichik Gvadiana, Xenil, Guadalimar, Uelva. Sevilya sh.gacha dengiz kemalari qatnaydi. Sug’orishda foydalaniladi. GESlar qurilgan. Daryo bo’yida Kordova va Sevilya sh.lari bor.