Gegelchilik
Gegelchilik — Gegel ta’limo- tini rivojlantirishga harakat qilgan falsafiy oqim. 19-a.ning 30-40-y. larida Germaniyada vujudga kelgan. G. vakillari diniy masalalar yuzasidan munozaralarda Gegelni ortodoksal te- izm ruhida talqin etuvchi konservativ keksa (o’ng qanot) gegelchilar (Geshel, Daub va b.) va Gegelning “olamiy ruh”i ga qarama-qarshi ravishda ayrim shax- slarning tarixda o’z-o’zini anglashi ahamiyatini qayd etuvchi yosh (sul qanot) gegelchilar (Ruge, Bruno, Bauer, Feyer- Bax, Shtraus va b.)dan iborat edi. O’ng hamda so’l gegelchilar o’rtasida oraliq gegelchilar (K. Rozenkrans, I. E. Erdman va b.) ham bo’lgan. K. Marks va F. Engels Gegel dialektik uslubining “rasional mag’zi”ni o’zlarining tarixii materia- listik tushunish nazariyalari negiziga quydilar. Frantsiyada G.ka Kuzen asos soldi, Ten, Renan, Gamelen, Andler va b. tomonidan rivojlantirildi. Angli- yada g.ni Stirling “Gegel siri” asari (1865) b-n boshlab berdi. Bozanket, Mak- Taggart, Xoldeyn (vikont Kloanskiy), Beyli va b. mazkur yo’nalishga mansub bulganlar. G. Italiyada ham keng rivoj topdi (Joberti, Rosmini, Jentile, Kroche). Shuningdek Rossiya, slavyan mam- lakatlari, Skandinaviya va Gollandiyada keng tarqaldi. Gegel ta’li-Moti o’zga Millatlar ongiga uzoq davr mobaynida ta’sir ko’rsatdi. 20-a.ning 20-y.laridan Gegel g’oyalariga qiziqish borasida yangi davr boshlandi (q. Neogegelchilik).