Gribachyov Nikolay Matveevich
Gribachyov Nikolay Matveevich [1910.6(19).12, Bryansk viloyati — 1992, Moskva] — rus yozuvchisi, jamoat arbobi. 2-jahon urushi qatnashchisi (1941-45). “Shimoli-G’arb” (1935), “urush yo’llari bo’ylab” (1945) she’riy to’plamlari muallifi. “G’alaba”da bahor” (1948) dostonida, “momaqaldiroqdan so’ng” (1952), “Aziz hamshaharlar” (1954), “O’y” (1955) she’riy va “avgust oyi yul- duzlari” (1958), “tungi momaqaldiroq” (1964), “mening daydi sevgim” (1967) nasriy to’plamlarida zamondoshlari- ning mehnati va ma’naviy go’zalligi aks ettirilgan. “Amerika bilan yuzma- yuz” (1959) asari xalqaro mavzuda. G.ning “bahs” (1963) to’plami adabiyot- shunoslik masalalariga bag’ishlangan. As: dala kapalagi [she’rlar, ballada- lar, dostonlar], T., 1980.